Dezinformasiya arzon va sifatsiz, jurnalistika esa qimmatli, malakali mehnat mahsuli!

Dezinformasiya arzon va sifatsiz, jurnalistika esa qimmatli, malakali mehnat mahsuli!

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altun “Muxbir: Raqamli davrda jurnalistikani qayta ko‘rib chiqish forumi”da so‘zga chiqib, bugungi kun siyosat maydonida ommaviy axborot vositalari xodimlarining o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, jumladan shunday dedi:

– Ilgari Falastinni davlat sifatida tan olishni istamagan ko‘plab davlatlar fikri bugun ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda qirg‘in, zulm sharoitida o‘z kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarimizning ham hissasi bor.

Soha xodimlarining individual sa’y-harakati ta’sirini oshiruvchi asosiy yondashuv Prezidentimiz yetakchiligida ilgari surilgan kommunikasiya sohasida “Turkiya asri” mazmunini aks ettiruvchi aloqa modelidir. Jurnalistlarimizning kasbiga mehr va qahramonlik yo‘g‘rilgan sa’y-harakatini haqiqat uchun kurash, adolatli muloqotga da’vat sifatida ko‘ramiz.

Dezinformasiya ko‘payib borayotgan bugungi kunda jurnalistika qimmatli, mashaqqatli va sharafli kasbga aylandi.

Jamiyatda axborotga ishonchni qayta tiklash va haqiqatni kuzatishda davom etish yo‘lida ko‘p yillardan beri ishlayotgan OAV zimmasiga muhim vazifalar yuklanadi. Unutmaylik, dezinformasiya mohiyatan arzon va sifatsiz. Aniq jurnalistika esa qimmatli, malakali mehnat mahsuli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!