“BYD Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi

“BYD Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi

Bugun butun Respublikamiz bo‘ylab Xalqaro Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “BYD Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 3 km masofaga yugurish “BYD Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi Viktor Mahmudov, Sport vaziri Adkham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar so‘zga chiqib mamlakatimizda yosh avlodning bugungi kunda sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, Prezidentimiz tomonidan bu borada olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, tadbir davomida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Baxning Olimpiya kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi ham qo‘yib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!