Buxorolik jinoyatchining ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Buxorolik jinoyatchining ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi tomonidan, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi-belgilangan tartibni buzib chet elga chiqishda ifodalangan jinoyatni sodir etgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm o‘qildi.

Ish holatiga ko‘ra, sudlanuvchi (F.I.SH. sir saqlanadi) ishlab daromad topish maqsadida, Turkiya davlatiga borishni rejalashtirib, bu vaqtda o‘zida Respublika hududidan xorijiy davlatlarga chiqish uchun ruxrat yozuvi (stiker) mavjud emasligini bila turib, ushbu ruxsatnoma yozuvisiz chet davlatlarga chiqa olmasligini anglab, dastlab viza-stiker talab qilinmaydigan Rossiya Federasiyasi davlatiga chiqib, u yerdan kelgusida Turkiya davlatiga chiqish to‘g‘risida jinoiy reja tuzgan.

Shundan so‘ng, sudlanuvchi Rossiya Federasiyasi borib, Rossiyaning Sochi shahrida vaqtinchalik yashab, keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 6 yanvardagi 8-sonli, 2015 yil 22 oktyabrdagi 301-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi ning 7-bandi talablariga zid ravishda, ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan Moskva-Istanbul avia yo‘nalishi orqali Turkiya davlati hududiga chiqqan. Bu yerda malum vaqt ichida tijorat ishlari bilan shug‘ullanib, Istanbul-Toshkent avia yG‘nalishi orqali O‘zbekistonga qaytib kelgan.

Buxoro viloyat IIB Migrasiya va fuqarolarni rasmiylashtirish boshqarmasining tegishli sondagi malumotnomasiga ko‘ra, malum muddat ichida sudlanuvchi nomiga Respublika hududidan xorijiy davlatlarga chiqish uchun ruxsat yozuvi, yani stiker rasmiylashtirilmaganligi qayd etilgan.

Sud, sudlanuvchiga nisbatan uning o‘z aybiga iqrorligini, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib bir nafar farzandi qaramog‘ida qolganligini, oilaviy sharoitini hisobga olib, JKning 57-moddasini qo‘llab, sudlanuvchiga nisbatan tegishli tartibda jazo belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!