Buxorodagi bog‘chada tarbiyalanuvchi boshqa bolaning otasi tomonidan kaltaklandi

Buxorodagi bog‘chada tarbiyalanuvchi boshqa bolaning otasi tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bolaga jarohat yetkazilganligi aytilayotgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda❕

🖇 Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 24 iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumani Tibbiyot birlashmasi navbatchi shifokori G.H. IIB ga xabar berib, tumandagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, 2019 yilda tug‘ilgan A.YU. tan jaroxati bilan olib kelinganligini bildirgan.

📌 O‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 24 iyun kuni mazkur bog‘chada bo‘lgan A.YU. boshqa bola, A.S. (2019 yilda tug‘ilgan) bilan urishgan, shu sababli A.S. ning otasi X.F. A.YU. ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.

🟢Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!