Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Britaniyalik er-xotin Syu va Noel Redfordlar 1989 yildan buyon 11 nafar qiz va 11 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Ko‘p farzandli oila haqida yaqinda Channel 5 telekanalida hujjatli film namoyish etildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Syu o‘zining Xeydi ismli eng kichik farzandini 2020 yilning aprelida dunyoga keltirgan.

Hozirda oila o‘n kishiga mo‘ljallangan sobiq qariyalar uyida yashab kelmoqda. Bolalardan uch nafari mustaqil yashaydigan darajada ulg‘aygan, biroq uyda hamon joy yetarli emas.

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Oila boshlig‘i qandolatchilik bilan shug‘ullanadi, biroq pandemiya sabab uning korxonasi yopilgan va u onlayn ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Syu esa u qadar oson bo‘lmagan ish — uy yumushlari bilan mashg‘ul. U kun davomida uyni bir necha bor tozalaydi, kiyimlarni yuvish uchun esa 18 kilogrammli sanoat kir yuvish mashinasi olgan.

Redfordlar kuniga yetti litrdan ortiq sut va to‘rt «buxanka» non yeydi. Bir hafta ichida uchta tish pastasi va 24 dona hojatxona qog‘ozini ishlatadi.

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Foto: Instagram / The Radford Family

Shu bilan birga, nabirali bo‘lishga ham ulgurgan ota-ona o‘z hayotidan nolimaydi.

«Bolalar — bizning hashamatimiz. Buni hech qachon pulga sotib olib bo‘lmaydi», — deydi oila otasi.

Avvalroq andijonlik 39 yoshli ayol 11-farzandini dunyoga keltirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!