Britaniya hukumati 5G tarmoqlarida Xitoy qurilmalaridan voz kechmaydi

Britaniya hukumati 5G tarmoqlarida Xitoy qurilmalaridan voz kechmaydi

Britaniya Kiberxavfsizlik milliy markazi mamlakat hukumati 5G tarmoqlarida Xitoyda ishlab chiqarilgan qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq tahdidlarni nazorat qila oladi degan xulosaga keldi. Shuning uchun mamlakat hukumatining Huawei qurilmalaridan voz kechish niyati yo‘q. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda, deb yozadi Kommersant’ .

Shu tariqa, Britaniya Xitoy ishlab chiqaruvchilari josuslikda ayblangandan so‘ng Donald Trampning ular bilan ishlashni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlamadi.

Yanvar oyi oxirida AQSh Adliya vazirligi Huawei Technologies, uning bir nechta bo‘linmalari va kompaniya moliyaviy direktori Men Vanchjouga bank firibgarligi, odil sudlovga to‘sqinlik qilish, shuningdek, T-Mobile US Ins. texnologiyalarini o‘g‘irlash maqsadida til biriktirish ayblovlarini e’lon qilgan edi.

Hozirda Donald Tramp simsiz tarmoqlar sohasida ishlovchi Amerika kompaniyalarining qurilmalarning xorijiy yetkazuvchilari bilan hamkorlik qilishini taqiqlovchi farmonni imzolashga tayyorlanmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!