“Brexit”ga qarshilar soni 5 millionga yetdi

“Brexit”ga qarshilar soni 5 millionga yetdi

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga qarshi petisiya 5 million kishi tomonidan imzolandi. Bu haqda Britaniya parlamentining veb-saytida xabar qilindi.

Petisiya referendum o‘tkazish tashabbusi uchun qo‘yilgan imzolari bilan mamlakatning o‘zida rekord o‘rnatdi.

Brexit ga qarshi imzo to‘plash 20 fevral kuni boshlangan edi. Reglamentga ko‘ra, agar imzolovchilar soni 100 ming kishidan ortiq bo‘lsa, parlament hujjatni ko‘rib chiqishi kerak. Biroq hukumat odamlarning talablarini bajarishga majbur emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!