Bolalar "delta"dan ko‘ra omicron'ga tezroq chalinishadi — mutaxassis

Bolalar "delta"dan ko‘ra omicron'ga tezroq chalinishadi — mutaxassis

Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatdiki, omicron shtammi kelishi bilan bolalarning koronavirus bilan kasallanish ehtimoli yanada ortgan. Bu haqda allerg-immunolog Vladimir Bolibok "Tula" axborot xizmatiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Bolalar delta shtammiga qaraganda omicron'ga ko‘proq chalinishadi, garchi ilgari delta shtammi bolalarda kasallanishning ko‘payishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da", dedi Bolibok. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda kasallik yuqori isitma, yuqori nafas yo‘llari va oshqozon-ichak traktining shikastlanishi bilan birga kechadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!