Bojxonachilar “tilla dazmol”ni fosh etishdi

Bojxonachilar “tilla dazmol”ni fosh etishdi

Zargarlik buyumlarini turli nayranglarni qo‘llab yurtimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro E.O‘.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida, yuklar orasida bir qarashda oddiy ko‘ringan dazmol zamonaviy skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazilganda ichida umumiy qiymati 168 million so‘mlik 481,5 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3512- sonli qarorida Jismoniy shaxslar tomonidan 65 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish mumkinligi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!