Bloger e’tirozi: Samarqand viloyati YHXB qonundan bexabarmi? (foto)

Bloger e’tirozi: Samarqand viloyati YHXB qonundan bexabarmi? (foto)

Telegramdagi "Avtomaslahatlar / Yak_Maks" kanalida qiziq material e’lon qilindi. Muallif bloger Maqsud Muzaffarovning yozishicha, Samarqand viloyati YHXBning fikri bilan qonun bir-biriga zid kelmoqda.

Suratda ko‘rib turganingizdek, Samarqand viloyati yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi murojaat qilgan fuqaroga 5.43 “Radar” yo‘l belgisi Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan harakatlanish tezligini nazoratga olingan barcha joylarda o‘rnatilishi shart emasligi belgilab qo‘yilgan deb ma’lum qilmoqda.

E’tibor bering ular bu belgini shart emas deb ma’lum qilmoqda.

Aslida-chi??? Yo‘l harakati qoidalari bunga nima deydi???

Vazirlar Mahqamasining 2019 yil 9 apreldagi Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 292-sonli qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga yangi yo‘l belgilaridan biri 5.43 “Radar” yo‘l belgisi kiritildi. 

Ushbu yo‘l belgisi tushunchasiga kuyidagicha yozilgan:

5.43. «Radar». Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.
Stasionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yo‘l belgilarini, ko‘chma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa ko‘chma ustunga vaqtinchalik yo‘l belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutiladi.

Hulosa:
Ko‘rib turganingizdek Yo‘l harakati qoidalariga asosan 5.43 “Radar” yo‘l belgisi belgilangan harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga o‘rnatilishi shart.

Qiziq:

Samarqand viloyati yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi 5.43 “Radar” yo‘l belgisi Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan harakatlanish tezligini nazoratga olingan barcha joylarda o‘rnatilishi shart emasligi belgilab qo‘yilgan degan gapni qayerdan oldi?

Yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda qaysi tamoyilga amal qiladi?  Vazifa faqat murojaatchiga qanday bo‘lsa-da javob hati berishmi yoki muommoni qonun normalari asosida hal etishmi? 

Murojaatlarda keltirilgan masalalar qonun asosida hal etilishi lozim bo‘lsa Samarqand viloyati yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasi nega noto‘g‘ri ma’lumot beryapti?

Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari yuzaki ko‘rib chiqilib, rasmiyatchilik uchungina javob berilayotgani fuqarolarning noroziligini keltirib chiqarmoqda, shu bois murojaatlarni ko‘rib chiqishga mas’uliyat bilan yondashish, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilish orqali yurtdoshlarimizning davlat organlariga ishonchi yanada ortishiga sabab bo‘ladi deb turgan bir vaqtda murojaatlar futbol to‘pi kabi uyoqdan buyoqqa tepkilanishi to‘g‘rimi?

 

P/s. Sayt tahririyati tegishli tashkilotlarning ushbu murojaatga munosabati, javobini kutib qoladi. Umid qilamizki, yaqin orada mazkur e’tirozga bildirilgan javobni ham e’lon qilamiz.

Muallif fikri sayt nuqtai-nazaridan farqlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!