Birdaniga 218 prokuror ishdan bo‘shatiladigan bo‘ldi

Birdaniga 218 prokuror ishdan bo‘shatiladigan bo‘ldi

Ukraina bosh prokuraturasi attestasiyadan o‘tish va prokuraturaning yangi organlarida ishlash haqida ariza topshirmagan 218 prokurorni bo‘shatadi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.    

“Ular bosh prokuror ofisiga o‘tkazilish uchun attestasiya o‘tishdan o‘zlari bosh tortganlar. Ular qatoriga belgilangan shaklga muvofiq kelmaydigan ariza topshirgan prokurorlar ham kiradi. Ular qonunchilikka muvofiq ishdan bo‘shatiladilar”, deyilgan xabarda.

Shu bilan birga 11 mingdan ko‘proq prokuror (barcha prokurorlarning 96 foizi) belgilangan namunadagi arizani topshirgan.

25 sentyabrda Ukrainada bosh prokuraturani isloh qilish haqidagi qonun kuchga kirgan. Qonunda Maxsus aksilkorrupsion prokuraturadan tashqari, prokuraturaning qolgan xodimlarining qayta attestasiyadan o‘tishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!