Bayden Tramp bilan debatda ishtirok etishga tayyor

Bayden Tramp bilan debatda ishtirok etishga tayyor

AQSh prezidenti Jo Bayden Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan debatda ishtirok etishga tayyorligini aytdi.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

"Men Tramp bilan debatda ishtirok etaman. Bu qachon sodir bo‘lishini bilmayman, lekin men u bilan debatda qatnashishdan mamnun bo‘laman", — deya ma’lum qildi Bayden teleboshlovchi Xovard Sternga bergan intervyusida.

"Men Bayden bilan istalgan vaqtda va istalgan joyda, jumladan juma kuni menga qarshi ish bo‘yicha tinglovlar bo‘lib o‘tayotgan sud binosida debatlar o‘tkazishga tayyorman. Ammo u buni jiddiy aytmaganini hamma tushunadi", — deya Baydenning so‘zlariga javob qaytardi Tramp.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!