Bastrikin rus xalqini haqorat qildi

Bastrikin rus xalqini haqorat qildi

Rossiya parlamenti spikeri Vyacheslav Volodin tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning so‘zlarini tanqid qildi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Volodinning aytishicha, tergov qo‘mitasi rahbari quyi palatani "Gosduma" o‘rniga "Gosudarstvennaya dura" (Hokimiyatdagi ahmoqlar ma’nosida), deb bevosita “xalqni haqorat qilgan”.

"Deputatlar Rossiya Federasiyasi fuqarolari tomonidan saylangan, Bastrikin ularning sha’nini yerga urish orqali bevosita xalqni haqorat qildi", - degan spiker.

Gap shundaki, 27 iyun kuni Rossiya Federasiyasi tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin migrasiya siyosatini qat’iylashtirish zarurligini aytib, Davlat dumasi deputatlarini muhojirlarga qarshi qonunlarni ko‘rib chiqishni kechiktirishda aybladi.

“Bu yerda deputatlar yo‘qmi? Siz deputatsiz, to‘g‘rimi? Iltimos, menga Davlat dumasida nima bo‘layotganini ayting! Ular vaziyatning keskinligiga mos yangi qonunlarni qachon qabul qiladi? Bizning "Gosudarstvennaya dura" qachon yaxshi qonunlar qabul qilishi mumkinligi haqida bilishni istardim", – degan u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda Rossiya fuqaroligini olgan va harbiylar ro‘yxatidan o‘tishni istamagan 30 mingdan ortiq muhojir “aniqlangan”. Ulardan 10 ming nafari allaqachon Ukrainadagi urushga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!