"Barselona" Rafinyaga narx belgiladi

"Barselona" Rafinyaga narx belgiladi

Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘z vingeri Rafinya Dias bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgan mablag‘ni aniqladi.

Mundo Deportivo nashori xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" braziliyalik futbolchi uchun 90 million yevro talab qilmoqda. Rafinyaga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi. "Al-Hilol" futbolchiga katta maosh taklif qilishga tayyor, ammo braziliyalikning o‘zi kataloniyaliklar safini tark etish niyatida emas.

Rafinya "Barselona" safiga 2022 yilda "Lids"dan kelib qo‘shilgan. Shu kungacha Dias klub bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan mavsumda Rafinya 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!