BAAda 14 ming nusxali Qur’oni Karim 13 tilda tarqatiladi

BAAda 14 ming nusxali Qur’oni Karim 13 tilda tarqatiladi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dar al-Bar xayriya jamg‘armasi Ramazon oyida Qur’oni Karimning 14000 nusxasi va 13 tildagi ma’nolar tarjimasini sog‘liqni saqlash bayonotiga muvofiq tarqatadi. Bu haqda «Al Haliç» gazetasiga tayanib, iqna.ir manbasi xabar berdi.

Dubay bojxonasi jamiyatda diniy ongni qo‘llab-quvvatlash, targ‘ib qilish hamda Qur’onga xizmat qilish bo‘yicha ijtimoiy mas’uliyatga tayanib, ushbu harakatlarni amalga oshirdi.

Dar al-Bar Birlashgan Arab Amirliklarining ko‘plab xayriya loyihalarini amalga oshiradigan va ularga rahbarlik qiladigan birinchi xayriya tashkilotlaridan biri bo‘lib, Qur’onning ma’nolar tarjima nusxalarini tarqatish uchun zarur choralarni ko‘rish huquqiga ega.

Arab tilidan tashqari Qur’oni Karim ingliz, fransuz, nemis, portugal, rus, xitoy, somali, urdu, koreys, alban, malayziya (Hindistonning ona tillari) va pashtu tillariga tarjima qilingan.

Xurshid Ma’ruf tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!