Ayol yurib ketayotgan marshrutkadan tushib ketdi, natijada... (video)

Ayol yurib ketayotgan marshrutkadan tushib ketdi, natijada... (video)

11 avgust kuni Dnepropetrovsk viloyatida noodatiy voqea sodir bo‘ldi, deya xabar berdi “5692” nashri. Unga ko‘ra, bir ayol yurib ketayotgan marshrutkadan tushib ketgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, marshrutka harakatlanayotgan vaqtda uning orqa eshigi ochilgan, 1969 yilda tug‘ilgan ayol uning ichidan chiqib ketib, piyodalar yo‘lagiga dumalab ketgan. Hodisa natijasida ayolning ko‘krak qismi jarohatlangan. Unga birinchi yordamni voqea joyiga yetib kelgan “Tez yordam ko‘rsatgan.

Jabrlanuvchi haydovchiga nisbatan shikoyat qilmaganligi bois hech qanday jinoiy ish qo‘zg‘atilmay, ma’muriy protokol tuzilgan, xolos. Hozirda haydovchi ayolning shifoxonada davolanishi uchun ketadigan mablag‘ni to‘lab bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi ayol o‘tirgan orqa eshikni ochadigan tugmani behosdan bosib yuborgan bo‘lishi mumkin.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!