Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari YUNESKO ro‘yxatidagi orolning yarmini yo‘q qildi

Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari YUNESKO ro‘yxatidagi orolning yarmini yo‘q qildi

YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Avstraliyaning Freyzer oroli hududining deyarli yarmi o‘rmon yong‘inlari ostida qoldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Yong‘inlar oktyabr oyi oxirida noqonuniy ravishda tashkil etilgan sayyohlar lageridagi yong‘in tufayli boshlangan.

Mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Jeyms Xeygning aytishicha, dushanba kuni yong‘in maydoni 76 ming gektarni tashkil qilgan - bu dunyodagi eng katta qumli deb hisoblanadigan orolning taxminan 40 foizini tashkil etadi.

Hozirda yong‘in chizig‘idan atigi besh kilometr narida joylashgan Kingfisher-Bey kurortidagi barcha dam oluvchilar evakuasiya qilingan.

Kvinslend yong‘in komissari o‘rinbosari Geri Makkormakning ta’kidlashicha, ofat yana bir necha hafta davom etishi mumkin.

Freyzer 1992 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga noyob tabiiy yodgorlik sifatida kiritilgan. Mahalliy aholi tilida ushbu joy “Kgari” deb nomlangan bo‘lib, "jannat" degan ma’noni anglatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!