Armaniston va Ozarbayjon NATO sammitiga taklif qilindi

Armaniston va Ozarbayjon NATO sammitiga taklif qilindi

AQSh Vashingtondagi NATO sammiti doirasida Ozarbayjon va Armanistonni tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga taklif qildi. Bu haqda AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O‘Brayen Bokudagi brifingda ma’lum qildi.

«[AQSh Davlat kotibi Entoni] Blinken NATOning barcha hamkorlari, jumladan, Armaniston va Ozarbayjon uchun tadbir o‘tkazmoqda. Shuning uchun men har ikki davlat ham ishtirok etishini kutaman. Bu tashqi ishlar vazirlari darajasida o‘tkaziladi. Jami 30 ta hamkor davlat ishtirok etadi», - dedi Davlat departamenti vakili.

NATO yubiley sammiti 2024 yilning 9-11 iyul kunlari Vashingtonda 1949 yilda Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolanganining 75 yilligi sharafiga o‘tkaziladi. Sammitda Germaniyaning Visbaden shahrida Kiyevga yordam berish uchun yangi tuzilma yaratish va Ukraina uchun siyosiy iroda mavjud bo‘lganda alyansga a’zo bo‘lish imkonini beradigan «NATOga ko‘prik» qurish masalalari muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!