Armaniston sobiq prezidenti Robert Kocharyan hibsga olindi

Armaniston sobiq prezidenti Robert Kocharyan hibsga olindi

Armaniston apellyasiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Robert Kocharyanni hibsga olishga hukm chiqardi. Bu haqda Kocharyanning advokati Ayk Alumyan ma’lum qildi.
"Apellyasiya sudi birinchi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi va shikoyatimizni rad etdi. Bu esa Kocharyanning hibsga olinishini bildiradi", — dedi Alumyan jurnalistlarga.

Iyulda maxsus tergov xizmati 2008 yil 1 martdagi norozilik namoyishlarini bostirish ishi doirasida Kocharyanga konstitusion tuzumni ag‘darish bo‘yicha ayblov e’lon qilgandi. Ertasiga Kocharyan ikki oyga hibsga olingandi.

Himoyachilar apellyasiya sudiga shikoyat qilganidan so‘ng birinchi instansiya sudining qarori bekor qilingandi.

Maxsus tergov xizmati Kocharyandan tashqari, sobiq mudofaa vaziri Mikayel Arutyunyan va KXSHTning sobiq bosh kotibi Yuriy Xachaturovga nisbatan ham ayblov e’lon qilgandi. Xachaturov garov evaziga ozodlikka chiqarilgan, Arutyunyan esa qidiruvga berilgan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!