Argentinada o‘rmon yong‘inlari tufayli 250dan ortiq uy yonib ketdi

Argentinada o‘rmon yong‘inlari tufayli 250dan ortiq uy yonib ketdi

Argentinada o‘rmon yong‘inlari natijasida 7 kishi jiddiy jarohat oldi, 15 kishi bedarak yo‘qoldi, 200 ga yaqin kishi evakuasiya qilindi. 

Xabar berilishicha, bir nechta qishloq yonib ketgan. Olov 250 dan ortiq uyga zarar yetkazgan.

Yong‘inni o‘chirishda 2 ta vertolyot, 3 ta samolyot va 12 ta o‘t o‘chirish mashinasi ishtirok etmoqda.

Mamlakat 2020 yil boshidan beri o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekmoqda. Ushbu tabiiy ofat hududda misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik keltirib chiqardi. Mamlakat markazida joylashgan Kordoba viloyati eng ko‘p zarar ko‘rdi: 330 ming gektardan ziyod maydon yonib ketdi. Butun mamlakat bo‘ylab million gektardan ortiq maydon zarar ko‘rgan.

Rasmiylarning fikricha, ba’zi yong‘inlar qasddan o‘t qo‘yish oqibatida xosil bo‘lgan. Hozirda ushbu masala yuzasidan polisiya tergov olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!