AQShda futbol maydoni o‘pirilib tushdi

AQShda futbol maydoni o‘pirilib tushdi

Voqea Illinoys shtadida 26 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Gordon F. Mur parki atrofida bolalar sport o‘yinlari o‘tkazish uchun 19 ta futbol maydoni qurilgan.

Bog‘ tergov uchun yopilgan. Bog‘ direktori Maykl Heys ushbu o‘pirilishni “syurreal” deb atab, go‘yoki “filmlarda bo‘lgani kabi” deya ta’riflaydi.

Er ostida shaxta bo‘lgani uchun futbol maydoni o‘pirilib tushgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

“Konlar o‘nlab yillar davomida shu yerda joylashgan. Bu haqida esa biz ogohlantirilmaganmiz. Tergov yakunlanishini kutamiz”, — deydi Maykl Heys.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!