AQSh sohillariga xavf solayotgan dovul fazodan qanday ko‘rinadi?

AQSh sohillariga xavf solayotgan dovul fazodan qanday ko‘rinadi?

AQShning janubi-sharqiy shtatlariga ikkinchi darajali dovul xavf solyapti. Dahshatli tabiiy ofat Florida, Shimoliy va Janubiy Karolina sohillariga yaqinlashib kelyapti.
 
AQSh sohillariga yaqinlashib kelayotgan “Florens” dastlab beshinchi darajali dovul bo‘lgan. Keyinroq uning shiddati biroz pasayib, ikkinchi darajaga tushgan. Ammo bu o‘zgarishi mumkin.
 
Xalqaro kosmik stansiya astronavtlari “Florens”ning fazodan ko‘rinishini suratga olishdi.

Ma’lumot uchun, tropik po‘rtana u bilan kelayotgan shamol tezligi soatiga 62 kilometr tezlikka yetsa, unga nom qo‘yiladi. Dovul Saffir Simpson shkalasi bo‘yicha birinchi darajali, deb e’lon qilinishi uchun undagi shamol tezligi soatiga 120 kilometrga yetishi kerak.
 
Agar shamol tezligi soatiga 150 kilometrga yetsa, dovul ikkinchi darajali, deb belgilanadi, 180 kilometr tezlikda – uchinchi daraja, 210 kilometr tezlikda – to‘rtinchi daraja bo‘ladi. Eng xavflisi beshinchi daraja bo‘lib, buning uchun shamol tezligi soatiga 250 kilometrdan o‘tishi kerak

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!