AQSh senatori: Eronning neft ob’ektlarini yo‘q qilmasak, u yomon xulqini to‘g‘irlamaydi

AQSh senatori: Eronning neft ob’ektlarini yo‘q qilmasak, u yomon xulqini to‘g‘irlamaydi

Amerikalik senator-respublikachi Lindsi Grem Tehron "o‘z fitnalarini davom ettiradigan bo‘lsa", AQSh hukumatining Erondagi neft ob’ektlari bo‘ylab zarba berish imkoniyati haqida muhokama qiladigan vaqti kelgani haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ilgariroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlovchi zavodlarga dronlar yordamida hujum qilganlikda aybladi va Tehronni javobgarlikka tortishga shuningdek, jahon neft bozori barqarorligi uchun zaxiralarni ajratishga va’da berdi.

"Tehron o‘z provokasiyalari va yadroviy boyitish kabi ishlarini davom ettirar ekan, AQSh Erondagi neftni qayta ishlovchi korxonalarga hujumi haqida o‘ylab ko‘rish vaqti keldi. Real oqibatlar bo‘lmasa, misol uchun ularning neftni qayta ishlovchi korxonalariga zarba bermas ekanmiz, Eron o‘z yomon xulqini to‘xtatmaydi. Neftni qayta ishlovchi korxonalarga zarba - ular rejimi uchun qudratli zarba bo‘ladi", deb yozgan Grem o‘zining Twitterida.

Sal oldin Saudiya Arabistonidagi ikkita neftni qayta ishlovchi zavodlarda shanbaga o‘tar kechasi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan amalga oshirilgan zarba natijasida yong‘inlar kelib chiqqan edi. Yong‘inlar mamlakat sharqidagi Abkayk hududida, Saudi Aramco davlat neft-gaz kompaniyasiga qarashli korxonalarda hamda Ar-Riyod sharqida joylashgan Xurays hududida yuz bergan. Natijada sutkasiga 5,7 million barreli neftning qazib olinish ishlari to‘xtatilgan. Bu esa ushbu mamlakatda ishlab chiqariladigan neft hajmining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi.

Yaman qo‘zg‘olonchi-xusiylari neftni qayta ishlovchi zavodlarga ularning jangchilari o‘n dona dronlar yordamida hujumni amalga oshirganligi bayonoti bilan chiqish qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!