AQSh Qatardan yordam so‘radi

AQSh Qatardan yordam so‘radi

AQSh Qatardan Livandagi Hizbulloh va Isroil o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda yordam so‘radi.

Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida sulh tuzish bo‘yicha muzokaralarda vositachilik qilgan Qatar, Bayden ma’muriyatidan Isroil-Livan chegarasida Hizbulloh va Isroil o‘rtasidagi taranglikni kamaytirishga yordam berish so‘rovini olgan.

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant va Amerika rasmiylari o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuvlardan birida ishtirok etgan mulozimning aytishicha, Galant Eron va Hizbulloh Isroilga tahdid solayotganini aytgan.

Hizbulloh Isroil kuchlari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatmaguncha, jangovar harakatlarni to‘xtatish niyatida emas, deb yozadi WSJ Bayden ma’muriyati rasmiylaridan biriga tayanib.

NBC suhbatdoshlari esa Vashington Isroil yaqin haftalarda Livanga quruqlikdan hujum boshlashi mumkinligidan xavotir bildirgan. Isroil rasmiylari Vashington bosimiga qaramay, Livanga hujum qilish rejalaridan voz kechmayapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!