AQSh Putin va Poroshenkoni muzokaralarga chaqirdi

AQSh Putin va Poroshenkoni muzokaralarga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan mojarodan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga chaqirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rahbari bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi «daryo.uz».

«Har ikkala tomon bosiqlik ko‘rsatishi va xalqaro majburiyatlariga rioya etishi lozim. Prezidentlar Poroshenko va Putinni ushbu vaziyatni tartibga solishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishga chaqiramiz. Shu munosabat bilan Normand to‘rtligi formatini qo‘llab-quvvatlashimizni yana bir marta tasdiqlaymiz», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Pompeo Rossiyani ukrainalik dengizchilar va Ukraina kemalarini ozod etishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!