AQSh davlat kotibi O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytdi

AQSh davlat kotibi O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytdi

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston va Qozog‘iston infratuzilmalari koronavirusga qarshi turish uchun tayyor emasligiga e’tibor qaratdi, deb xabar beradi Sputnik.

«Biz virusdan himoyalanish uchun kerakli infratuzilmaga ega bo‘lmagan hududlar mavjudligidan xavotirdamiz. Koronavirus kabi keng ko‘lamli xavfga qarshi tura olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, Xitoy bilan uzoq chegaradosh Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ldim», — deydi Pompeo.

Davlat kotibining ta’kidlashicha, AQSh o‘z byudjetidan 100 million dollar ajratish niyatida. Bu pullar nafaqat Xitoyda koronavirusga qarshi kurashish uchun, balki O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi bunga juda muhtoj bo‘lgan davlatlarni ham moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Maykl Pompeo xavfga qarshi global, o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob qaytarish lozimligini qayd etgan.

«Biz epidemiyani to‘xtatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorlanyapmiz. Hozirgacha 100 million dollar yordam puli ajratdik. Balki bu summa yana oshar. Ushbu yordam shubhasiz, Xitoydagilarga yordam berish uchun yuboriladi, biroq xavfga qarshi o‘z vaqtida javob berish maqsadida dunyoning boshqa joylarida ham ishlatiladi», — deydi AQSh davlat kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!