Aqlli soat egasining dahshatli jinoyatini fosh qildi

Aqlli soat egasining dahshatli jinoyatini fosh qildi

Gresiya polisiyasi o‘z uyidagi aqlli soat tufayli xotini va itini o‘ldirgan jinoyatchini topdi. Erkak dastlab bahona o‘ylab topdi, keyinchalik uni aqlli soati "fosh qildi". Shundan so‘ng, u qilgan ishiga iqror bo‘ldi, deb xabar bermoqda Vice.

May oyida 33 yoshli Babis Anagnostopulos polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, uning uyiga o‘g‘rilar kirib kelganiniaytdi. Unga ko‘ra, jinoyatchilarning qurollangan to‘dasi uni bog‘lab, 20 yoshli xotini va itini o‘ldirgan, shuningdek, katta miqdordagi pul va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlagan. Biroq, kelgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uyda haqiqatan ham o‘g‘rilar borligi to‘g‘risida hech qanday dalil topmadilar.

Tergov davomida polisiya Anagnostopulosning aqlli soatlaridan ma’lumot oldi va uning tergovni aldayotganligini tushundi. Qurilmadagi datchiklarga qaraganda, erkak ilgari bog‘lab qo‘yilganligini da’vo qilgan bo‘lsa-da, tun bo‘yi o‘zi uyda harakat qilgan.

Bundan tashqari, tergovchilar qotil rafiqasi o‘limidan uch soat oldin uy xavfsizlik tizimini o‘chirib qo‘yganligini aniqladilar. Natijada, erkak o‘z aybini tan oldi. Unga qarshi bir nechta ayblovlar, jumladan, uning rafiqasi va itini o‘ldirishda, shuningdek tergovga bila turib yolg‘on ko‘rsatma berganlikda ayblangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!