APL klublaridan birortasi YECHL yarim finaliga chiqa olmadi

APL klublaridan birortasi YECHL yarim finaliga chiqa olmadi

Chempionlar ligasining joriy yilgi yarim finalida ingliz jamoasi yo‘q.

Turnirda dastlab “Manchester Yunayted”, “Nyukasl”, “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari ishtirok etishdi. Dastlabki ikki klub guruh bosqichidan o‘ta olmadi, qolganlari chorak finalga yo‘l oldi.

Oxirgi marta 2019/20 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi yarim finalida birorta ham Premyer-liga vakili ishtirok etmagandi. O‘shanda "Bavariya" turnirda g‘alaba qozongan, hozir ham ular ishtirokini davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!