Andijonda haydovchi YPX xodimini kaltakladi

Andijonda haydovchi YPX xodimini kaltakladi

Andijon shahrida haydovchi YPX inspektorini kaltaklab, o‘ldirish bilan tahdid qildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan.

Jarima maydonida haydovchi mashinadan tushib, u bilan birga kelgan YPX inspektorini kaltaklagan.

Haydovchi harakatlarini davom ettirib, mashinasidagi o‘tkir tig‘li pichoqni olib, inspektorni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!