Andijonda chiqindini olib ketish narxlari oshadi

Andijonda chiqindini olib ketish narxlari oshadi

Andijonda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari qimmatlashadi. Bu haqda Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarorida ma’lum qilingan.

Narxlarning o‘zgarishi asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i va aholiga ko‘rsatiladigan sanitar xizmatga nol stavkaning bekor qilinishi bilan bog‘liq ekani ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, chiqindi xizmati narxi bir kishiga QQSsiz 3500 so‘m (bir oylik to‘lov), QQS bilan esa 3800 so‘mni tashkil etadi. Yuridik tashkilotlarga bir metr kub chiqindi uchun QQSsiz 47 500 so‘m, QQS bilan esa 53 200 so‘mni tashkil etadi.

Mazkur qaror rasmiy nashrda e’lon qilingandan keyin kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!