Andijonda 18 yoshli xavfli residivist ushlandi

Andijonda 18 yoshli xavfli residivist ushlandi

Andijonda 18 yoshli xavfli residivist zargarlik do‘konida o‘g‘rilik sodir etganlikda gumonlanib, ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21 noyabrdan 22 noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Andijon shahri Boburshoh ko‘chasida joylashgan tilla va kumush buyumlar sotiladigan do‘konga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 70 million so‘mlik kumush buyumlarni, 150 dollarga teng bo‘lgan choyshablar, tarozi, kassa apparati, terminal va bir dona qora rangli «barsetka»ni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam bir necha marotaba sudlangan xavfli residivist bo‘lmish 18 yoshli I.M. sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u, gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!