Anchelotti Fergyusonni ortda qoldirib, Chempionlar ligasida mutlaq rekordchi bo‘ldi

Anchelotti Fergyusonni ortda qoldirib, Chempionlar ligasida mutlaq rekordchi bo‘ldi

Karlo Anchelotti murabbiy sifatida Chempionlar ligasi o‘yinida g‘alaba qozonish bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida “Real” o‘z maydonida “Braga”ni mag‘lub etdi (3:0).

Anchelotti murabbiy sifatida turnirdagi 116-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Italiyalik mutaxassis Aleks Fergyusonni ortda qoldirib, butun turnir tarixidagi g‘alabali o‘yinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

Chempionlar ligasida Anchelotti "Real"dan tashqari "Parma", "Yuventus", "Milan", "Chelsi", "PSJ", "Bavariya" va "Napoli"ni boshqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!