Ana xolos! Tasodifiy YTH qiz va uning tug‘ilmagan bolasini o‘limdan qutqarib qoldi

Ana xolos! Tasodifiy YTH qiz va uning tug‘ilmagan bolasini o‘limdan qutqarib qoldi

Kichik yo‘l transport hodisasi natijasida 20 yoshli homilador qiz kasalxonaga yotqizildi. Kasalxonada esa unga noyob tashxis qo‘yildi. Unda preeklampsiya (homiladorlikda qon bosimining oshishi) asoratlari aniqlandi. Bu xastalik kamdan-kam homilador ayollarda uchraydigan kasallik hisoblanadi.

Qiz zudlik bilan operasiya qilingan. Kichkintoy keservo yo‘li bilan tug‘dirib olingan. 24 haftaligida dunyoga kelgan go‘dakning og‘irligi esa atigi 700 grammni tashkil etgan. Qizning o‘zi bu holatni qutqarish deb atadi, aks holda, farzandi umuman dunyoga kelmagan bo‘lardi.

Hozir qiz va uning farzandi kasalxonada. Shifokorlar uning vaznini oshirishga harakat qilishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!