Ana xolos! AQSh Rossiya jo‘natgan 45 ta o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatini yo‘q qildi

Ana xolos! AQSh Rossiya jo‘natgan 45 ta o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatini yo‘q qildi

AQSh Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi bahorda Rossiyadan qabul qilingan 45 ta “Aventa-M” o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatini yo‘q qildi, dedi Buzfeed.

Bu vaqt davomida ulardan umuman foydalanilmadi. Ta’kidlashicha, bunga ayrim sabablar bo‘lgan: Rossiya va AQShlarining elektr tarmoqlaridagi kuchlanishdagi farq (qurilmalarni ulash uchun maxsus adapterlar kerak bo‘lgan), Rossiya shifoxonalarida bunday qurilmalarning yonishi oqibatida chiqqan yong‘inlar, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kompaniyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar.

IVL moslamalari zararli chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha barcha qoidalarga muvofiq va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilgan holda utilizasiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida An-124 “Ruslan” harbiy-transport samolyoti AQShga gumanitar yordam yetkazib bergandi. Samolyot bortida o‘pkani sun’iy ventilyasiya qilish apparatlari, respiratorlar, ko‘zoynaklar, maskalar va dezinfeksiyalovchi vositalar bo‘lgan.

9 va 12 mayda “Aventa-M” IVLdan foydalanilgan Moskva va Sankt-Peterburgdagi kasalxonalarda yong‘in yuz berdi, buning oqibatida yetti bemor vafot etdi.

Hodisadan keyin Roszdravnadzor tergov davomida ulardan foydalanishni to‘xtatgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!