Amerikalik ayol egizak-qizlarini JChga moslab kiyintirdi (foto)

Amerikalik ayol egizak-qizlarini JChga moslab kiyintirdi (foto)

Floridada istiqomat qiluvchi ayol Fransillyen Lemes Fernandes egizak-qizlariga Rossiyada o‘tkazilayotgan JCH-2018 da qatnashayotgan davlatlarning milliy libosini kiyintirib, suratga oldi.

Suratlarni esa China Global Television Network nashriga joylashtirdi. Ayol bu bilan ko‘pgina davlatlarning madaniyatini o‘rganishga qaror qildi.

Rossiyada JCH-2018 o‘tkazilishini bilib, men ko‘pgina mamlakatlar haqida ma’lumotga ega emas ekanligimni tushunib yetdim. Hatto davlat bayroqlari haqida bilmas ekanman", - deydi besh farzandning onasi. — Uch oy davomida har bir davlatning madaniyati, urf-odatlarini o‘rganib chiqdim va o‘z bilimlarimni rasmlarda aks ettirdim, deb izohladi ayol.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!