Amerika uchuvchisiz samolyoti va Rossiya qiruvchi samolyoti Suriya osmonida xavfli darajada yaqinlashdi

Amerika uchuvchisiz samolyoti va Rossiya qiruvchi samolyoti Suriya osmonida xavfli darajada yaqinlashdi

AQShning MQ-9 Reaper uchuvchisiz samolyoti Suriya havo hududida Rossiya Aerokosmik kuchlarining Su-35 samolyotiga xavfli darajada yaqinlashdi. Bu haqda Rossiya urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi rahbari o‘rinbosari Yuriy Popov ma’lum qildi.

«28 iyun kuni soat 11:35 dan 11:46 gacha Xoms provinsiyasining Es-Suxne aholi punkti ustida 7 000 dan 8 000 m gacha balandlikda MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchish apparati... Suriya havo hududida rejali parvoz qilgan Rossiya VKS Su-35 samolyoti bilan yana bir bor xavfli yaqinlashdi», - deya Popov ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, rossiyalik uchuvchi «yuqori professionallik» ko‘rsatib, to‘qnashuvning oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!