Aldov yo‘li bilan 400 million so‘m pulni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Aldov yo‘li bilan 400 million so‘m pulni o‘zlashtirgan firibgar ushlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida shu yil 10 noyabr kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 25 iyun kuni Guliston tumani “Ishonch” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan V.K. Guliston shahrida yashovchi S.M. (ismli ayol)ning uyida unga “Mevazor” MFY hududida qurilayotgan namunali uylardan olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 400 mln. so‘m pulini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko‘rilgan choralar natijasida V.K. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!