Agar avtofalokat insonning o‘limiga sabab bo‘lsa...

Agar avtofalokat insonning o‘limiga sabab bo‘lsa...

Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyati, ya’ni transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari haraati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzush deb tushuniladi.

Ushbu harakatni sodir qilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu kodeksning mazkur moddasi 1-qismiga ko‘ra Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa eng kam oylik ish xaqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi deb belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, 2-qismida O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatilgan.

Shu kabi, ushbu moddaning 3-qismi a bandida O‘sha qilmish: odamlar o‘limiga ; b bandida halokatga va v bandida esa boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Ushbu jinoyatning qismlari o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra 1-qismi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 2 va 3-qismlari esa uncha og‘ir bo‘lmagan tasnifga kiradi.

Shu sababdan, bu kabi jinoyatlarni sodir qilmaslik, yo‘llarda transport vositasini boshqarayotgan vaqtda extiyot choralarini ko‘rib, yo‘l harakati qoidalariga qa’tiy amal qilib, piyodalarga yo‘l berib, svetoforning chiroqlariga amal qilgan holda, tezlikni belgilangan me’yordan oshirmasdan harakatlanish lozim. Aks holda yo‘l transporti hodisasi sodir qilib, o‘zingiz va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yishingiz mumkin.

A.Aminov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tuman sudining raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!