Afg‘onistonda terakt: 20 dan ortiq harbiy halok bo‘ldi

Afg‘onistonda terakt: 20 dan ortiq harbiy halok bo‘ldi

Afg‘oniston markazidagi G‘azni shahrida portlash yuz berdi, qurbonlar bor.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohat oldi. Guvohlar xavfsizlik xizmati xodimlari va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lganini aytgan.

Qurbonlarning aksariyati harbiylar bo‘lgan.

Hujum vaqtida avtomobil ichida joylashtirilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Buning oqibatida 20 nafar harbiy halok bo‘lgan.   

Mahalliy kasalxona rahbari jabrlanganlarning barchasi harbiy xizmatchilar ekanligini ma’lum qilgan.

Hali bironta guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!