51 yoshli Liberiya prezidenti Nigeriya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi

51 yoshli Liberiya prezidenti Nigeriya bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi

Liberiya prezidenti Jorj Vea mamlakat terma jamoasi safida Nigeriyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bu haqda TJournal xabar berdi

U jamoasi safida 14-raqamda to‘p surdi. Vea faoliyati davomida ham shu raqamda harakatlangan. Jorj 1995 yilda FIFA talqini bo‘yicha yil o‘yinchisi bo‘lgan, shuningdek, Afrikada ham yil o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan.

Uchrashuv esa 1:2 hisobida Nigeriya foydasiga hal bo‘lgan. Prezident maydonda 79 daqiqa harakat qilgan. Xuddi shu kuni prezident Veaning o‘g‘li Timoti AQSh terma jamoasi safida Meksikaga qarshi o‘yinda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Jorj Vea 2003 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, siyosatga qo‘l urgan. 2005 yilda Liberiya prezidentligiga nomzodini qo‘ygan, faqat oradan 12 yil o‘tgach mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozonib, davlat rahbarligiga saylangan.

Manba: daryo.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!