4 nafar qizi bor ota: "Meni deb uyalishlarini istamayman"

4 nafar qizi bor ota: "Meni deb uyalishlarini istamayman"

Farzandlarimga nima ish qilishimni aytmaganman. Meni deb uyalishlarini istamayman. Kichik qizim nima ish qilishimini so‘raganda, oddiy ishchiman qizalog‘im, derdim. Uyga qaytish oldidan ko‘chadagi umumiy hammomda yuvinib, keyin borardim. Toki ular mening nima ish qilishimni sezmasinlar.

Hamma qizlarimni maktabga yuborishni, ularning ta’lim olishlarini, kelajakda insonlar oldida aziz va hurmatli shaxs bo‘lib yetishishlarini xohladim. Ularga biror kishi menga qilganidek muomala qilmasligini, past nazar bilan qarmasligini istadim. Odamlar meni mensimaslikka o‘rganib ham qolishgan.

Topadigan hamma pullarimni qizimni o‘qitish uchun yig‘ib qo‘ydim. Hech qachon o‘zimga yangi ko‘ylak sotib olmadim. Buning o‘rniga farzandlarimga kitoblar olib berdim.

“Ehtirom”. Mana shu men orzu qilgan narsadir. Ha, men ko‘cha tozalovchi bo‘lib ishlayman.

O‘tgan kuni qizimning hujjatlarni topshirish vaqti edi. Ammo men kerakli pulni topolmadim. O‘sha kuni qo‘lim ishga bormadi. Ishlolmay, ko‘z yoshimni yashirishga urinib, axlat qutisi yoniga o‘tirdim. Hamkasblarim mening ahvolimni ko‘rishdi, ammo yonimga kela olishmas, birortalari men bilan gaplashishga botinisholmasdi. Qizimning o‘qishga kirish orzusi ro‘yobga chiqmadi. Juda siqildim, ichim ezildi. Bugun uyga borganda qizim bilan qanday ko‘rishishimni, agar u mendan pul haqida so‘rasa, nima deb javob berishimni bilmayman.

Men faqir oilada tug‘ilganman. Bugun ishdan so‘ng hamkasblarim yonimga o‘tirishdi-da, “Bizni o‘zingga do‘st deb bilasanmi?” deb so‘rashdi. Hali javob berishga ulgurmasimdan barchalari bugungi ish haqlarini menga uzatishdi. Pullarni olishdan bosh tortdim. Shunda ular  “Biz bugun nari borsa och qolarmiz. Ammo qizing abata o‘qishi kerak!” deyishdi. Bu gaplarini eshitib o‘zimni tuta olmay yig‘lab yubordim. Shu kuni hammomga ham kirmay uyga bordim. Hamma yog‘im kir edi.

Bugun esa... Qizlarimdan biri universitetni tugatish arafasida. Qizlarim meni ko‘cha tozalash ishiga yuborishmadi. Katta qizim universitet qoshidagi bir bo‘limda ishlaydi. Qolgan uchtasi esa universitet stipendiyasini olishadi.

Gohida katta qizim oldin ishlagan joyimga meni olib boradi. Borganimizdan so‘ng o‘sha yerda haliyam mehnat qilayotgan hammkasblarimga ovqat ulashib kelamiz.

Bir kuni o‘sha yerdagi hamkasblarimdan biri kulib turib qizimga bir savol berdi: “Nega bizga doim ovqat olib kelasan?”

Qizalog‘im ularga shunday javob berdi: “Men bu martabaga erishishim uchun sizlar hammangiz bir kun och qolgansizlar. Shu bois Alloh taologa duo qilinglar, U Zot menga sizlarga har kuni ovqat olib kelishimni nasib etsin!”

Ha, bugun men o‘zimni faqir hisoblamayman. Qanday qilib faqir bo‘layin, axir Robbim menga shunday qizlarni ato etgan-ku!

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!