26 aprel kuni Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

26 aprel kuni Toshkentning to‘rtta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 26 aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):

  • aholi iste’molchilari — “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog‘”, “Qozirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — hududdagi 68 ta ulgurji iste’molchilar.

Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):

  • aholi iste’molchilari — “Tepa Qo‘rg‘on”, “Ko‘xna Cho‘pontepa”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko‘p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — Ushbu hududdagi 76 ta ulgurji iste’molchilar.

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):

  • aholi iste’molchilari — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 10 ta.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):

  • aholi iste’molchilari — “Qizg‘aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 4 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!