13 ming yamanlikka gumanitar yordam tarqatildi

13 ming yamanlikka gumanitar yordam tarqatildi

Turkiyaning insonparvarlik yordamlari qo‘mitasi IHH Yamanda 13 ming 255 kishiga insonparvarlik yordamlari tarqatdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Yamanda 21 million kishi gumanitar yordamlarga muhtoj. Ulardan 9,8 millioniga ochlik doimiy hamroh bo‘lmoqda. Yamanda gumanitar ahvol kundan-kunga yomonlashib bormoqda.

Bayonotda aytilishicha, Yamanda tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘xtab qolgan va aholi kun kechirishda xorijdan keladigan gumanitar yordamlarga tayanadilar.

Qo‘mita yaqin bir necha kunda yana 6 ming yamanlikka oziq-ovqat tarqatadi. Unda shakar, bug‘doy, guruch, yog‘ va bolalar suti bo‘ladi.

Qo‘mita 2018 yil boshidan buyon 198 ming 556 yamanlikka insonparvarlik yordami bergan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!