107 yoshli Korneliya Ras — koronavirusdan davolangan eng keksa inson

107 yoshli Korneliya Ras  — koronavirusdan davolangan eng keksa inson

17 martda Gure-Overflakke orolida yashovchi Korneliya Ras o‘zining 107-tug‘ilgan kunini nishonlagan. Ertasiga esa uning sog‘ligi yomonlashadi va tana harorati 38 darajaga ko‘tariladi. Tez orada u yashovchi qariyalar uyidagi boshqalarda ham tana harorati ko‘tarila boshlaydi. Tekshiruvlar natijasida kampirsho bilan bilan birga umumiy hisobda 40 kishida koronavirus aniqlanadi.

Korneliya Ras bu kasallikka chalinganini xotirjam qabul qiladi va 2 hafta davolanishdan so‘ng, 6 aprel kuni butunlay sog‘ayib ketadi. Boshqalarda esa kasallik ancha og‘ir o‘tadi va 12 kishi vafot etadi.

Endi Ras xonim JSST ma’lumotlariga ko‘ra koronavirusga chalinib omon qolganlar ichida eng keksa kishi bo‘lishi mumkin.

18 martda Eronning Semnon shahrida 103 yoshli ayol koronavirusga chalingani va bir hafta davolanishdan keyin tuzalib ketgani xabar qilingandi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra 80 yoshdan oshib koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 21,9 foizni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!