Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi

Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan "AMAN Family" mebel korxonasini O‘zbekistondagi noyob tashkilot deyish mumkin. Kompaniya ta’sischisi Abdumavlon Abdugapparov biznesdagi oddiy yo‘ldan voz kechib, yangi innovasion uslublarni qo‘llagan holda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi.


Asos solinishi va rivojlanishi
Korxonaga 2014 yilda asos solingan bo‘lib, tashkilot o‘z ishini mehmonxonaga mo‘ljallangan mebelning bir modelini ishlab chiqarish bilan boshlagandi. Mebel fabrikasi deyarli 10 yill davomida o‘z faoliyatini kengaytirib bordi. Hozirga kelib esa korxonada 5 ta sex faoliyat yuritadi. Korxonaning hududi 3000 metr kvadratdan ko‘proqni tashkil etadi.

Albatta, "AMAN Family"ning ishlari birdaniga gurkirab ketgani yo‘q. Korxona rahbari dastlabki yillarda o‘z mahsulotini sotish uchun mebel do‘konlari bilan hamkorlik qila boshladi. 2018 yilda esa "AMAN Family" Toshkentda o‘z savdo do‘konini ochdi hamda o‘z mahsulotlarini bevosita mijozlarga sota boshladi. Ammo 2020 yilga kelib butun jahon bo‘ylab tarqalgan COVID-19 muammosi tashkilot rahbariyatini yangi yo‘llarni izlashga majbur etdi.

Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi

Xususan, shu holat tadbirkorlarimizdan ham ijtimoiy tarmoqlar orqali ishlash va shu yo‘l bilan ijtimoiy bozorda ham o‘zlarining mustahkam o‘rinlariga ega bo‘lishlariga talab etdi. Ijtimoiy bozor nafaqat ichki bozorda, shuningdek, tashqi bozorga chiqishda ham ajoyib ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Internet imkoniyatlari chindan o‘zining qulayligi bilan ajralib turadi. Yer yuzida, har xil toifali odamlar bor. Shunday odamlar borki, ular tashqariga chiqib o‘zlari uchun kerakli narsalarni sotib olishga imkoniyatlari yo‘q. Ha, bugun bunday odamlarga, ijtimoiy tarmoqlar orqali xaridlarni amalga oshirish juda qulay. Nimaga deysizmi? Chunki, internet orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan firmalar tomonidan xaridor istagan manzilga yetkazib berish xizmatining borligidir.

"AMAN" xususiy mebel ishlab chiqarish korxonasini ham O‘zbekistondagi boshqa ko‘plab korxonalar kabi COVID-19 paytida uzining barcha magazinlarini yopishga va ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga majbur bo‘ldi. Bu og‘ir vaziyatda onlayn savdoni yo‘lga qo‘yish esa ham mijozga qulaylik yaratdi, ham tadbirkorning joniga ora kirdi.

Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi

Veb-sayt va mobil ilova
Karantin paytida aksariyat korxonalar yopilib ketgan bo‘lsa, AMAN korxonasi 2-3 barobar o‘sishga erishdi. Mahsulotlarning onlayn sotuvini dastlab faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirgan tashkilot, keyinchalik mobil ilovasini yaratdi. Natijada korxona an’anaviy do‘konlarda butunlay voz kechdi.

Aman.uz rasmiy sayti va mobil ilovasining yaratilishi bn kompaniya mijozlariga judayam ko‘plab kulayliklarni va imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu ilovada AMAN kompaniyasi nafaqat o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlari, balki O‘zbekistondagi boshqa katta va kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlarini mijozlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyatini beradi.

Aman.uz ilovasi yaratilishi bilan kompaniya chet mamlakatlardan ko‘plab buyurtmalar olishni boshladi va qo‘shni mamlakatlarga ham o‘z mebel mahsulotlarining eksportini yo‘lga qo‘ydi.

"AMAN Family" bugungi kunda mebellarning 40 yaqin turlarini ishlab chiqaradi: stol, stul, mehmonxona va yotoqxona mebellari. Ammo internet-magazin katalogida 5000 da ortiq mahsulotlar bor. Ushbu ilova orqali nafaqat oddiy mijozlar, balki o‘z mebel do‘koniga ega bo‘lgan tadbirkorlar ham xaridni amalga oshirishlari mumkin. Bu esa har bir mijozga qulay yaratadi.

"AMAN"ning boshqa mebel korxonalaridan farqi shundaki, mijoz onlayn buyurtma berayotgan paytda oldindan to‘lov talab qilmaydi. Mahsulot mijozning uyiga olib boriladi, o‘rnatiladi, mijoz uning sifatida tekshirib olganidan keyingina to‘lovni amalga oshiradi. Bu esa "AMAN"ning asosiy ustunliklaridan biri hisoblanadi.

Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi


Narxlar-chi?

Birinchidan, narxlar raqobatbardosh. Chunki, "AMAN" onlayn uslubda ishlagani uchun ofis ijarasi, sotuvchilarga to‘lanadigan maosh bilan bog‘liq xarajatlar yo‘q. Demak, mahsulotning tannarxi pasayadi.

Ikkinchidan, mahsulot konveyer uslubida ishlab chiqarilgani uchun narxlar past bo‘ladi. Tashkilot rahbari Abdumavlon Abdug‘afforovning aytishicha, savdoning 40 foizi yotoqxona garnituriga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun korxona buyurtma kutib o‘tirmasdan bunday turdagi mahsulotni konveyer uslubida ko‘proq ishlab chiqarib qo‘yadi.

Uchinchidan, 70 foiz mahsulot oldindan tayyorlab qo‘yilgani uchun mijozga juda tez yetkazib beriladi. Masalan, mahsulot Toshkent shahriga bir kun ichida, boshqa viloyatlarga esa 1-2 kun ichida yetkaziladi.

«Masalan, samarqandlik mijoz bugun kechasi yotoqxona mebeliga buyurtma bergan bo‘lsa, ertasiga tushdan keyin mahsulotni qabul qilib oladi. Agar omborimizda tayyor mahsulot bo‘lmasa, byuurtmaning qiyinligiga qarab, 3-10 kun ichida mebel mijozga yetkaziladi», — dedi Abdumavlon Abdug‘afforov.

To‘rtinchidan, kompaniya turli to‘lov uslublarini taklif qiladi. Xaridor mahsulotni qabul qilgach, naqd pul, naqdsiz pul o‘tkazish, bank kartasiga pul o‘tkazish, xalqaro onlayn-to‘lovlar yordamida hisob-kitobni amalga oshirishi mumkin.

Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi
Kafolat beriladimi?

Ha, mebelni yig‘ish bepul amalga oshiriladi va unga kafolat beriladi. Barcha viloyatlarda korxonani mebel yig‘adigan ustalari bor. Ular o‘z ishini a’lo darajada bajaradi. Agar mebeldan foydalanish davomida qandaydir kamchilik kuzatilsa, xizmat ko‘rsatish mutaxassislari muammoi tezda bartaraf etishadi.

Zamonga hamnafas rivojlanayotgan «AMAN Family» mebel korxonasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!