Evropa davlatlaridan biri sanksiyalarga qaramay, Rossiyadan gaz olishni ko‘paytirdi

Evropa davlatlaridan biri sanksiyalarga qaramay, Rossiyadan gaz olishni ko‘paytirdi

Rossiya G‘arb sanksiyalariga qaramay, Ispaniya bozoriga suyultirilgan gaz (LNG) yetkazib beruvchi asosiy ta’minotchi sifatidagi mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu haqda Enagás kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, «TASS» yozmoqda.

Energetika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil aprel oyida Madrid Rossiya Federasiyasidan 5 342 GVt / soat LNG sotib oldi , bu umumiy importning deyarli 20 foizini tashkil etdi va Moskva ushbu yoqilg‘ini qirollikka yetkazib berish bo‘yicha Jazoirdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida Ispaniya Rossiyadan 26 854 GVt/soat ko‘k yoqilg‘i sotib oldi va Rossiyaning hajmi bo‘yicha ikkinchi yirik yetkazib beruvchi maqomini saqlab qoldi.

«Ispaniya 2022-2023 yillarda Yevropa Ittifoqida Rossiya LNGning asosiy xaridoriga aylandi», dedi o‘tgan yili Rossiyaning Madriddagi elchisi Yuriy Klimenko.

Uning tushuntirishicha, iqtisodiy nuqtai nazardan gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli yirik shartnomani buzish ispan tomoni uchun foydasiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!