"Yuventus" o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Yuventus" o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Yuventus" o‘zining rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Manuel Lokatelli bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. 25 yoshli futbolchi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Lokatelli "Yuventus"da 2021 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. O‘shandan beri yarim himoyachi Turin klubi safida 103 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 4 ta gol urgan va sheriklariga 8 ta golli uzatma bergan.

Ayni damda “Yuventus” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Massimiliano Allegri shogirdlari peshqadam “Inter”dan ikki ochko ortda qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!