“Yo‘qolib qolgan” buvajon buvijon bilan ushrashuvga ketgan ekan!

“Yo‘qolib qolgan” buvajon buvijon bilan ushrashuvga ketgan ekan!

Yakutsklik buvajon eski tanishi bilan uchrashuvga chiqdi va bundan xabari bo‘lmagan qizini xavotirga qo‘ydi. Bu haqda “News.Ykt.Ru” xabar bermoqda.

Qiz polisiyaga borib, otasi tashqariga chiqib, g‘oyib bo‘lganini xabar qilgan. Kamiga buvajon qo‘ng‘iroqlarga ham javob bermagani uchun qiz unga biror kor-xol yuz berdi deb o‘ylagan.

Polisiya mahalliy aholi o‘rtasida qidiruv ishlarini boshlagan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, «yo‘qolib» qolishidan oldin buvajon oziq-ovqat do‘koniga borib, shirinliklar, mevalar va sharob xarid qilib, eski “sevgilisining” uyiga ketgan.

Polisiya uni topganida esa buvajon qo‘l telefoni uyda qolib ketganligi uchun hech kimni xabardor qilolmaganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!