Yunusobod va Dang‘ara tumanlarida elektr energiya va gaz ta’minotiga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

Yunusobod va Dang‘ara tumanlarida elektr energiya va gaz ta’minotiga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan fuqaro M.B.ning “Hamkorobod” MFY hududida qurilgan issiqxonasida o‘zboshimchalik bilan 80 metrli rezina shlang orqali tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olganligi natijasida 118,4 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan bo‘lsa-da, fuqaro M.B. “Yunusobod tumangaz” GTM bo‘limi chilangari O.X. bilan o‘zaro kelishib, go‘yoki 15 kun oldin tekshirish o‘tkazilganligi yuzasidan qalbaki dalolatnoma rasmiylashtirganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Dang‘ara tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.” MCHJ mansabdor shaxslari ekin yerlarini sug‘orish uchun hududdagi transformatorga 55 kVt. quvvatli suv nasosini o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 102,9 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!