Yoz  Ispaniya janubiga o‘zining “birinchi zarbasini berdi”

Yoz  Ispaniya janubiga o‘zining “birinchi zarbasini berdi”

Ispaniya janubi yozning haddan ortiq tafti ichida qoldi. Kordova shahrida termometr qirq darajaga ko‘tarildi, deya xabar beradi 24kz.ru.

Biroq, jazirama quyosh sayyohlarni madaniy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishdan to‘xtatmayapti.

Ispaniya meteorologlari mamlakatning janubiy mintaqasida issiqlik yana bir necha kun davom etishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

- Quyosh juda yorug‘, men bunday issiqlikka o‘rganmaganman, buning ustiga, niqob bilan o‘zingizni yanada yomon his qilasiz. Ammo bu majburiy, o‘zingizni himoya qilishingiz kerak, - deydi ispaniyalik talaba qiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!